Media to'plam
1 rasm
Yoshlar ruhiy salomatligi tizimli yondashuv talab qiladi
OECDning "Child, Adolescent and Youth Mental Health in the 21st Century" hisobotida bolalar, o'smirlar va 25 yoshgacha bo'lgan yoshlar ruhiy salomatligidagi o'zgarishlar tahlil qilingan.
Hisobotda ko'plab mamlakatlarda yoshlar orasida ruhiy zo'riqish kuchayayotgani, raqamli muhit, akademik bosim, iqtisodiy noaniqlik va ijtimoiy omillar bir-biriga ta'sir qilishi qayd etiladi.
- Yordam past to'siqli, ya'ni tez va oson murojaat qilinadigan bo'lishi kerak;
- Maktab va universitetlarda ruhiy salomatlik savodxonligi kuchaytirilishi zarur;
- Peer-to-peer va guruhli yordam formatlari kengaytirilishi tavsiya etiladi;
- Yoshlar bo'yicha muntazam, taqqoslanadigan ma'lumotlar yetishmaydi.
Manba: OECD Publishing, 2026.